Tokioda O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Avgust 05, 2026. 10:30 • 2 daq
• 29
TOKIO, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. Yurtimizning Yaponiyadagi elchisi Muxsinxo‘ja Abdurahmonov ushbu davlat parlamenti Vakillar palatasi deputati, Liberal-demokratik partiya Jamoatchilik bilan aloqalar byurosi raisi va parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi aʼzosi Takako Suzuki bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Takako Suzuki O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga amalga oshirgan tashrifi hamda birinchi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti ikki mamlakat munosabatlarini yangi strategik bosqichga olib chiqqanini taʼkidladi. U erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishda parlament imkoniyatlaridan foydalanish va amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda Yaponiya Bosh vaziri Sindziro Takaichining mamlakatimizga tashrifi hamda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Tokioga safari hamda tashqi ishlar vazirlari darajasidagi strategik muloqotni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xokkaydo prefekturasi, Xigashikava va Kembuchi shaharlarining O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan qiziqishi ijobiy baholandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya hududlari ishtirokida birinchi O‘zbekiston–Yaponiya hududlar forumini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha yaqin hamkorlikni saqlab qolishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi