Tokioda O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oktabr 14, 2026. 11:00 • 58 soniya

• 70
Tokioda O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

TOKIO, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosat mahkamasining Protokol departamenti direktori Keyichi Hara bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy dinamikasini qayd etib, O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni izchil hayotga tatbiq etish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligini keng nishonlash maqsadida qo‘shma tadbirlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, madaniy-gumanitar va investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda O‘zbekiston elchixonasi va Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlikni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish