Varshavada O‘zbekiston va Polsha raqamlashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi

Iyul 07, 2026. 13:00 • 53 soniya

19
Varshavada O‘zbekiston va Polsha raqamlashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi

VARSHAVA, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Aʼzamxo‘jayev Polsha Bosh vaziri o‘rinbosari, raqamlashtirish vaziri Kshishtof Gavkovskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalar sohalaridagi aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbatdosh mamlakatimizga amalga oshirgan safarini iliq xotira bilan esga olib, Toshkent shahrida bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur inshoot o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va madaniyatini targ‘ib etishda yirik loyiha bo‘lib, yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishini taʼkidladi.

Muzokaralarda texnologiyalar va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratilib, ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirish o‘zaro manfaatli bo‘lishi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish