Jizzaxda Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi ochildi

Iyun 25, 2026. 10:00 • 2 daq

138
Jizzaxda Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi ochildi
Jizzaxda Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi ochildi
Jizzaxda Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi ochildi
Jizzaxda Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi ochildi

ISLOMOBOD, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan Jizzax jamoat salomatligi texnikumiga tibbiyot asbob-uskunalardan iborat beg‘araz grant yuborildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu jihozlar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida texnikumiga yetkazib berildi va o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish maqsadida Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi tashkil etildi.

Simulyatsion markazda turli diagnostik va o‘quv-amaliy tibbiy qurilmalar o‘rnatilib, ular orqali bo‘lajak hamshiralar, feldsherlar va boshqa o‘rta tibbiyot xodimlari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi. Bu yurtimiz, xususan Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash sohasi uchun raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yaqinlan ko‘maklashadi.

Texnikum rahbariyatining taʼkidlashicha, mazkur loyiha taʼlim sifatini oshirish va o‘quvchilarning amaliy bilimlarini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

– Taqdim etilgan zamonaviy tibbiy jihozlar uchun yurtimizning Pokistondagi elchixonasiga va mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorlik bildiramiz, – dedi texnikum direktori Gulzoda Zuxurova. – Ushbu xayrli tashabbus natijasida texnikumimizda Jarrohlik va stomatologiya simulyatsion markazi tashkil etildi. Bu markaz o‘quvchilarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, tibbiyot sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratmoqda. Ishonamizki, mazkur hamkorlik kelgusida ham davom etib, tibbiy taʼlimni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus mamlakatimizda tibbiy taʼlimni modernizatsiya qilish, yosh mutaxassislarni zamonaviy talablar asosida tayyorlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixona qo‘llab-quvvatlashi natijasida tashkil etilgan mazkur simulyatsion markaz kelajakda yuksak malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish