Budapeshtda Vengriyadagi vatandoshlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Iyul 20, 2026. 15:00 • 59 soniya

185

BUDAPESHT, 20-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vengriyadagi diplomatlari tomonidan ushbu mamlakatda doimiy va vaqtincha istiqomat qilayotgan hamda tahsil olayotgan vatandoshlar ishtirokida futbol musobaqasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda turli yosh toifasidagi vatandoshlar faol ishtirok etib, maydonda qizg‘in va murosasiz bahs olib bordilar. Uchrashuvlar yuqori tashkilotchilik, o‘zaro hurmat va sport tamoyillari asosida bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarga nafaqat sport mahoratini namoyon etish, balki o‘zaro samimiy muloqot qilish, tajriba almashish va yangi tanishuvlar o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

Musobaqa davomida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni birlashtirish, ular o‘rtasida birdamlik muhitini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslarni doimo qo‘llab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi.

Yakunda barcha ishtirokchilarga faolligi uchun minnatdorlik bildirilib, bu kabi sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazish hamda Vengriyadagi o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi hamjihatlikni yana-da rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish