Belarusning Vitebsk shahrida Andijon mahsulotlari namoyish etildi

Avgust 06, 2026. 13:00 • 2 daq

47
Belarusning Vitebsk shahrida Andijon mahsulotlari namoyish etildi
Belarusning Vitebsk shahrida Andijon mahsulotlari namoyish etildi

VITEBSK, 6-avgust. /“Dunyo” AA/. Belarusning Vitebsk shahrida Andijon viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Vitebsk viloyatining chakana savdo tarmoqlari vakillari hamda tadbirkorlari ishtirok etdi. Andijon viloyatining Vitebskdagi doimiy vakili O‘tkir Mamurovning fikricha, O‘zbekiston va Belarus davlat rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalari yanada kengaygan.

Andijon va Vitebsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Dvina shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi, ushbu markaz doimiy ravishda yangi tovarlar bilan to‘ldirib borilmoqda.

Uchrashuvda Andijonning mebel va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat klasterlari faoliyati haqidagi videolavha ham namoyish etildi. Ushbu tarmoq mahsulotlarining respublikada ishlab chiqariladigan umumiy hajmining uchdan bir qismi Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Andijon o‘zining meva-sabzavot mahsulotlari bilan ham tanilgan. Yaqin kelajakda Vitebsk viloyatiga Andijondan vitaminga boy mahsulotlarni yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilar biznes aloqalarini faollashtirish hamda O‘zbekiston mahsulotlarining chakana savdosini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish