O‘zbekiston milliy brendi nufuzli xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Avgust 05, 2026. 14:00 • 2 daq

207
O‘zbekiston milliy brendi nufuzli xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston milliy brendi nufuzli xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston milliy brendi nufuzli xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

KUALA-LUMPUR, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. Malayziya poytaxtida Butunjahon brendlar fondi tomonidan tashkil etilgan “The Brand Laureate Awards 2026” xalqaro mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xalqaro miqyosdagi ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekistonning yetakchi brendlaridan biri – “ERMAK” bir yo‘la ikkita asosiy nominatsiyada oliy mukofotlarga sazovor bo‘lib, xalqaro maydonda mamlakatimizning sanoat va eksport salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

“ERMAK” brendi “Sog‘lom ovqatlanish va ichimliklar brendi” kategoriyasida Osiyoning eng yaxshi brendi deb tan olindi. Ekspertlar komissiyasi kompaniya mahsulotlarining ekologik tozaligi, tabiiy ingrediyentlardan foydalanilgani, zamonaviy qadoqlash standartlariga mosligi hamda brendning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi izchil siyosatini yuqori baholadi.

“ERMAK” jamoasi rahbari Valijon Salixov milliy brendni xalqaro darajaga olib chiqishdagi yetakchilik hissasi uchun “Nation Building Icon” (“Milliy brend yaratuvchisi va mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”) nominatsiyasida ham mukofotga sazovor bo‘ldi.

Ushbu mukofot milliy brendni noldan yaratgani, uni jahon bozoriga muvaffaqiyatli olib chiqqani, mahalliy sanoatni rivojlantirgani, yangi ish o‘rinlari yaratgani va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun topshirildi.

“ERMAK” brendining “The Brand Laureate Awards 2026”dagi eʼtirofi shunchaki alohida bir kompaniyaning muvaffaqiyati emas, balki xalqaro maydonda “Made in Uzbekistan” brendining obro‘-eʼtibori ortib borayotganining dalilidir.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish