Janubiy Koreyada O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining 35 yilligi munosabati bilan vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol va armrestling turniri o‘tkazildi
Noyabr 24, 2026. 13:00 • 2 daq
• 24SЕUL, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyada “Bir Vatan, bir xalq, bir bayroq!” shiori ostida mamlakatda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida mini-futbol va armrestling bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu bellashuvlar O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligiga bag‘ishlandi. Turnir Koreyadagi o‘zbekistonliklar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreyadagi vakolatxonasi hamda Chunchon o‘zbeklar jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Musobaqada Janubiy Koreyaning turli shaharlarida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan 200 nafarga yaqin yosh vatandoshimizdan iborat 12 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi. G‘olib va sovrindorlarga hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari, kubok va diplomlar topshirildi.
Tadbirda elchixona vakillari ishtirokchilarni Davlat bayrog‘ining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladilar. Bayrog‘imiz xalqimizning asriy orzu-intilishlari, ajdodlar xotirasi va milliy g‘ururini o‘zida mujassam etishi, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligi va xalqimiz birligi ramzi ekani alohida ta’kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


