Shanxayda O‘zbekiston davlat bayrog‘i kuni nishonlandi

Noyabr 22, 2026. 16:00 • 58 soniya

• 213
Shanxayda O‘zbekiston davlat bayrog‘i kuni nishonlandi

SHANXAY, 22-noyabr. /“Dunyo” AA/. Shanxay iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida xorijlik talabalar O‘zbekistonning davlat ramzlari bilan yaqindan tanishtirildi. Bayroqning qabul qilinishi tarixi, ranglarining ma’nosi, yarim oy va yulduzlarning ramziy ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

“Zakovat” intellektual o‘yini talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘yin qizg‘in raqobat ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar nafaqat milliy ramzlar borasidagi bilimlarini, balki mantiqiy fikrlash, zakovat va jamoada ishlash mahoratini ham namoyish etdi.

Talabalar bunday formatdagi tadbirlar o‘z mamlakati tarixi va madaniyatini chuqurroq anglashga xizmat qilishi hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishini ta’kidladi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida talabalar o‘z salohiyatini sinab ko‘rish va O‘zbekiston ramzlari haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgani uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish