Logo

Vladivostokda o‘zbek milliy an’analari keng targ‘ib qilindi

Aprel 27, 2026. 21:00 • 2 daq

300
Vladivostokda o‘zbek milliy an’analari keng targ‘ib qilindi
Vladivostokda o‘zbek milliy an’analari keng targ‘ib qilindi
Vladivostokda o‘zbek milliy an’analari keng targ‘ib qilindi
Vladivostokda o‘zbek milliy an’analari keng targ‘ib qilindi
Vladivostokda o‘zbek milliy an’analari keng targ‘ib qilindi

VLADIVOSTOK, 27-aprel. /“Dunyo” AA/. Vladivostok shahrida o‘zbek milliy an’analari va urf-odatlariga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda ushbu hududda ishlayotgan va o‘qiyotgan vatandoshlarimiz, mahalliy ma’muriyat xodimlari hamda turli millat va elat vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan diplomatlar va “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillari O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari, eksport va investitsiya salohiyati, turizm va milliy hunarmandchilik sohasidagi yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ishtirokchilar o‘zbek milliy an’analari va urf-odatlari, xususan, Navro‘z umumxalq bayrami tarixi va ahamiyati xususida ham fikr almashdi.

Bayram tadbirida namoyish etilgan o‘zbek milliy liboslari, kulolchilik va amaliy san’at buyumlari ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistondan tashrif buyurgan san’atkorlarning musiqiy chiqishlari, jarchilar, bobo dehqon va laparchi qizlar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Bayram dasturxoniga tortiq etilgan sumalak, somsa va palov kabi milliy taomlar Navro‘zning haqiqiy fayzini namoyon etdi.

Vakillarimiz Primorsk o‘lkasidagi vatandoshlar farzandlari uchun tashkil etilgan o‘zbek va rus tillarini o‘rganish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir tashkilotchilari ushbu markaz tarbiyalanuvchilari va o‘qituvchilariga o‘zbek milliy liboslari va cholg‘u asboblarini taqdim etdi, ona tili va buyuk ajdodlarimiz haqidagi adabiyot hamda darsliklar sovg‘a qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish