Logo

Novosibirsklik mehmonlar o‘zbek milliy anʼanalari va oshxonasi bilan tanishdi

Aprel 11, 2026. 14:30 • 2 daq

115
Novosibirsklik mehmonlar o‘zbek milliy anʼanalari va oshxonasi bilan tanishdi

NOVOSIBIRSK, 11-aprel. / “Dunyo” AA/ Novosibirsk milliy madaniyat uyida bahor va yangilanish bayrami ­­– Navro‘zga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Novosibirskning davlat, akademik va ilmiy doiralari vakillari, maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, vatandoshlar, ushbu bahor bayramining ko‘p asrlik tarixi va anʼanalari bilan yaqindan tanishish istagida bo‘lgan barchani birlashtirdi.

Bayramda ishtirok etganlar o‘zbek xalqining madaniyati, ko‘p asrlik anʼana va urf-odatlari, Navro‘zning kelib chiqish tarixi, O‘zbekistonda uni nishonlashning o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir mehmonlari nafaqat bahor bayrami muhitidan bahramand bo‘lishdi, balki Bosh konsulxona tomonidan tayyorlangan milliy liboslar va kulolchilik buyumlarining rang-barang ko‘rgazmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, Milliy madaniyat uyi tarbiyalanuvchilari ijrosidagi jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar, raqslar, o‘zbek nonlari, somsa, sumalak va boshqa bahoriy taomlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, sumalakning tayyorlanish jarayoni, bu bahor taomining har bir O‘zbekiston fuqarosi hayotidagi o‘ziga xos ahamiyati haqidagi hikoya yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish