Logo

Britaniyaga O‘zbekistondan ilk bor anor, behi va xurmo eksport qilindi

Dekabr 24, 2025. 11:31 • 36 soniya

87
Britaniyaga O‘zbekistondan ilk bor anor, behi va xurmo eksport qilindi

LONDON, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. Britaniyaga yetkazib berilgan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navbatdagi partiyasi orqali ilk bor anor, behi va xurmo eksporti amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Quva-Agro Star” MCHJ tomonidan eksport qilingan, umumiy hajmi 3 tonna bo‘lgan mahsulotlar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent–London yo‘nalishidagi aviaqatnov orqali olib kelindi.

Britaniyalik ulgurji xaridorlar o‘zbek mahsulotlarining yuqori sifat va taʼm ko‘rsatkichlarini qayd etib, ushbu mevalardan ko‘proq miqdorda sotib olishga tayyorligini bildirdilar.

Hozirda respublika korxonalari tomonidan Britaniya bozorlariga 35 xildan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi tovarlarining eksporti amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 10 oyi davomida Britaniyaga O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga oshdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish