Logo

Kuvaytda o‘zbek milliy va zamonaviy zargarlik buyumlari namoyish qilindi

Dekabr 22, 2025. 19:13 • 2 daq

223

AL-KUVAYT, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Al-Kuvayt shahrida ilk bor o‘tkazilgan “Kuwait International Gold & Jewelry Exhibition” xalqaro ko‘rgazmasida o‘zbek milliy va zamonaviy zargarlik buyumlari namoyish etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 “O‘zbekiston pavilyoni”da mamlakatimizdan tashrif buyurgan “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi hamda 7 ta mahalliy korxona– “Global Universal Servis”, “Marakanda Jewel”, “Nur Star Jewelry”, “Simay”, “Gold Moon Tashkent”, “Termer Gold Production”, “Rings Jewelry” vakillaridan iborat delegatsiya o‘z mahsulotlarini namoyish qildi.

Ko‘rgazmada o‘zbek milliy va zamonaviy zargarlik buyumlariga Kuvayt ishbilarmon doiralari, xorijiy davlatlarning elchilari va diplomatlari, OAV vakillari hamda zargarlik sanʼati ixlosmandlari katta qiziqish bildirdi.

Mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etish milliy zargarlik sanoatini jahon bozorida munosib targ‘ib qilish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ko‘rgazmaning 7-pavilyoni, 18-stendida joylashgan O‘zbekiston ekspozitsiyasi uchun 12 kv.m maydon ajratilgan. Ushbu xalqaro yarmarka nafaqat namoyish maydoni, balki 6 kun davomida zargarlik buyumlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkonini beruvchi yirik savdo platformasi hamdir.

Bu galgi ko‘rgazmada jami 250 dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan, dunyoning 20 ga yaqin xorijiy davlatlaridan (BAA, Bahrayn, Qatar, Livan, Turkiya, Italiya, AQSh, Tailand, Fransiya, Braziliya, Singapur, Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston) 150 dan ziyod zargarlik kompaniyalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada bojxona to‘lovlarisiz savdo qilish imkoniyati mavjudligi sababli kuvaytlik xaridorlar anʼanaviy bozorlardan ko‘ra xalqaro yarmarkalardan xarid qilishni afzal ko‘rishmoqda. Bu omil “Kuwait International Gold & Jewelry Exhibition” ko‘rgazmasining jozibadorligi va tashrif buyuruvchilar sonini yildan-yilga oshirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish