Logo

Moskvadan munosabat: Chexiya Bosh vazirining tashrifi O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosatida muhim ahamiyatga ega

May 01, 2026. 15:25 • 2 daq

233
Moskvadan munosabat: Chexiya Bosh vazirining tashrifi O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosatida muhim ahamiyatga ega

MOSKVA, 1-may. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Jamoatchilik diplomatiyasi va jahon siyosati tahlili markazi direktori, Xalqaro ishlar bo‘yicha kengashi eksperti Aleksandr Vorobyov “Dunyo” AAga Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishning 29–30-aprel kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi natijalari yuzasidan fikr bildirdi:

– Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishning ushbu tashrifi Toshkentning ko‘p vektorli tashqi siyosat strategiyasida muhim o‘rin tutadi. Chunki O‘zbekiston uchun nafaqat Yevropa Ittifoqi bilan, balki alohida Yevropa davlatlari bilan ham ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Chexiya Sharqiy Yevropadagi sanoat va iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardan biri bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Ayniqsa, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi va texnologiyalar almashinuvi yo‘nalishlari ustuvor ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida iqtisodiyot, sanoat, ilmiy-texnologik hamkorlik, diplomatik kadrlarni tayyorlash, shuningdek, metrologiya laboratoriyasini birgalikda loyihalashtirish va tashkil etish, metrologiya sohasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni kengaytirish istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi.

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar faqat savdo bilan cheklanib qolmasdan, innovatsiya va texnologik hamkorlik yo‘nalishlarida ham izchil kengayib borayotganini alohida taʼkidlash kerak.

Fikrimcha, Chexiya Bosh vazirining tashrifi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi iqtisodiy mavqeini mustahkamlash, yangi investorlarni jalb qilish va Yevropa bozori bilan integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish