Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni kengaytirishga qiziqish bildirdi
Noyabr 09, 2026. 12:00 • 2 daq
• 63
OSAKA, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Osaka shahrida Yaponiyaning “Masui Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti Lu Sze bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida O‘zbekistonda kompaniya faoliyatini kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yapon tomoni O‘zbekiston bilan ishlab chiqarish va ta’lim sohalarida hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Hamkorlikning amaliy namunasi sifatida kompaniya tomonidan yaratilgan “Samarqandaryo” brendi qayd etildi. Ushbu brend ostida o‘zbek paxtasi va yapon texnologiyalari asosida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Mahsulotlar savdosidan tushgan daromadning bir qismi Samarqand viloyatidagi yoshlarga yapon tili va madaniyatini bepul o‘rgatuvchi “Samarqandaryo Japan Academy” ta’lim markazini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kompaniya faoliyatini O‘zbekistonda kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, ishlab chiqarish va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi