“Xalqaro migratsiya forumi–2026”: Toshkent global migratsiya siyosati yuzasidan xalqaro muloqot markaziga aylanadi
May 11, 2026. 21:14 • 2 daq
• 55
TOSHKENT, 11-may. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 18–19-may kunlari poytaxtimizda “Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” mavzusida “Xalqaro migratsiya forumi–2026” boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda International Organization for Migration hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli anjuman mehnat migratsiyasi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, migrantlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, xavfsiz va qonuniy migratsiya mexanizmlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga bagʻishlanadi.
Forum doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida plenar sessiyalar, mehnat migratsiyasi, kasbiy malakalar, gender tengligi, yoshlar siyosati va iqlim oʻzgarishining migratsion jarayonlarga taʼsiriga bagʻishlangan panel muhokamalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ish beruvchilar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar, xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani ham oʻtkaziladi.
Tadbirda BMT tizimi tashkilotlari, xalqaro institutlar, davlat va hukumat organlari, Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan ish beruvchilar, fuqarolik jamiyati institutlari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Jami 300 nafardan ortiq xalqaro ishtirokchi qatnashadi.
Forumning asosiy gʻoyasi xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyani taʼminlash orqali inson qadrini ulugʻlash va barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi samarali xalqaro hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat.
Taʼkidlash joizki, mazkur forum Oʻzbekistonning migratsiya sohasidagi ochiq va insonparvar siyosati, shuningdek, mamlakatning xalqaro muloqot va konstruktiv tashabbuslar markazi sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston Ombudsmani Jenevada inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z tajribasini taqdim etdi

“Dunyo” axborot agentligi mahalliy jurnalistlar oʻrtasida “Eng yaxshi maqola” tanlovini eʼlon qiladi


