Berlin shahrida O‘zbekiston–Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oktabr 13, 2026. 15:30 • 2 daq

• 132

BЕRLIN, 13-oktabr. /«Dunyo» AA/. Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi Germaniya Bundestagining GFR – Markaziy Osiyo parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari Kristian Gyorke taklifiga binoan Berlin shahrida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlamentimiz yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Germaniya Federal prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Volfgang Zilberman bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar yuqori baholanib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiy o‘sish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ta’lim va kasbiy tayyorgarlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, nemis tilini o‘rganish imkoniyatlarini rivojlantirish, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish, parlamentlar o‘rtasidagi aloqalar va hamkorlik bo‘yicha guruhlar faoliyatini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Iqtisodiy hamkorlik doirasida «Volkswagen» va «Henkel» kompaniyalari ishtirokidagi sanoat loyihalari, investitsiyalarni jalb etish, transport va raqamli infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni hamda «Markaziy Osiyo — Germaniya» formatidagi sammitlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish