30-iyul – 1-avgust kunlari O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi
Iyul 29, 2026. 22:30 • 2 daq
• 170
TOSHKENT, 29-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul – 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston–Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
Sammit yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi va boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi