Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Iyul 24, 2026. 15:40 • 2 daq

132
Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Ozarbayjon yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalardagi muloqotlar davom etmoqda. O‘tgan hafta Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi sammitga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uning iqtisodiy kun tartibini aniq loyihalar va dasturlar bilan boyitish muhimligi taʼkidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish