O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari muzokaralar chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratdilar

Iyul 24, 2026. 16:00 • 2 daq

48
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari muzokaralar chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratdilar

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Cho‘lponotada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janobi Oliylari bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuksak surʼatini alohida qayd etdik. Davlatlarimiz Rahbarlari o‘rtasidagi faol va ishonchli muloqot barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, savdo-iqtisodiy va hududlararo aloqalarni yana-da kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.

Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik hamda SHHT, MDH, BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanimizni tasdiqladik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish