O‘zbekiston va Eron Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Iyul 24, 2026. 16:45 • 1 daq
• 61
TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Eron Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatida yangi zafarlar tiladi.
O‘zbekiston yetakchisi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik davom etayotganidan jiddiy tashvish bildirib, ayni paytda vazminlikni saqlash va muloqotni qayta tiklash har qachongidan ham muhim ekanligini alohida taʼkidladi.
Telefon suhbati davomida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi.
O‘zbekiston va Eron yetakchilari kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi