Ozarbayjon Prezidenti Buxoroga keldi

Avgust 24, 2026. 15:40 • 43 soniya

178
Ozarbayjon Prezidenti Buxoroga keldi

TOSHKENT, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.

Tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalarining faoliyati bilan ham tanishish rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish