“TOLO news”: O‘zbekiston Mustaqillikning 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Avgust 24, 2026. 16:00 • 2 daq

28
“TOLO news”: O‘zbekiston Mustaqillikning 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

QOBUL, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. Afg‘onistonning “TOLO news” telekanalida O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda 1-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng nishonlanishi qayd etilgan.

Tadbirlar dasturidan adabiy-badiiy kechalar, xalq sayillari, madaniy, sport va gastronomik tadbirlar o‘rin olishi taʼkidlangan.

Nashrda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘sish ko‘rsatkichlariga ham eʼtibor qaratilgan. Xususan, 2025-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 147 milliard dollarga, tovarlar va xizmatlar eksporti 33,8 milliard dollarga yetgani, kambag‘allik darajasi esa 5,8 foizga tushgani keltirilgan.

Shuningdek, 2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 64,34 milliard dollardan oshgani qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish