Logo

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi

Aprel 21, 2026. 20:01 • 45 soniya

209
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi

TOSHKENT, 21-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan bugun Ostona shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, poytaxt aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 22-aprel kuni Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish