O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Noyabr 16, 2026. 15:15 • 43 soniya

• 79
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

TOSHKЕNT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki davlat delegatsiyalari va ishbilarmon doira vakillari ishtirokida bir qator qo‘shma tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjat va bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish