O‘zbekiston Prezidenti telefon orqali Qozog‘istonning birinchi Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi
Iyul 06, 2026. 18:27 • 59 soniya
• 109
TOSHKENT, 6-iyul. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va uzoq umr tiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘istonning barpo etilishi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni ilgari surish hamda O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini alohida eʼtirof etdi.
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ko‘mak rishtalariga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlikning bugun yuqori surʼatda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi