O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusga keldi
Iyul 08, 2026. 19:48 • 46 soniya
• 77
TOSHKENT, 8-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Belarus poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 9-iyul kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
“Global Korea post”: O‘zbekiston–Belarus strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda
O'zbekiston dunyo nigohida•Iyul 08, 2026. 22:00
Vladivostokda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oila vataniga qaytarildi
Mehnat migratsiyasi•Iyul 08, 2026. 21:30
Isroil televideniyesida V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan maxsus dastur namoyish etildi
O'zbekiston dunyo nigohida•Iyul 08, 2026. 21:30
Pokiston kompaniyalari Qoraqalpog‘istonda sport anjomlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirdi
Investitsiyalar•Iyul 08, 2026. 20:30
TIVda Turkiyaning hukmron partiyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
TIV yangiliklari•Iyul 08, 2026. 20:00
Barchasi