TIVda Turkiyaning hukmron partiyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Iyul 08, 2026. 20:00 • 2 daq

76
TIVda Turkiyaning hukmron partiyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Dunyo” AA surati
TIVda Turkiyaning hukmron partiyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
TIVda Turkiyaning hukmron partiyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 8-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov bugun I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Turkiyaning hukmron “Adolat va taraqqiyot” (AK Parti) partiyasi raisi o‘rinbosari, turkshunos olim, professor Kurshad Zorlu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotlariga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qildi.

Shu bilan birga, madaniyat, taʼlim, ilm-fan va turizm sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda amaliy hamkorlikni yana-da faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Suhbat jarayonida joriy yilda Turkiyada o‘tkaziladigan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish