O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga keldi

Avgust 31, 2026. 15:43 • 49 soniya

60
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga keldi

TOSHKENT, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun bugun Bishkek shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Manas” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish