O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

Avgust 30, 2026. 16:43 • 49 soniya

87
O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

TOSHKENT, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston – Hindiston oliy darajadagi muzokaralari yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.

Marosim mamlakatlarimizning ko‘p qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlangani hamda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qat’iy intilishning ramzi bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish