O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Avgust 31, 2026. 14:16 • 52 soniya

78
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

TOSHKENT, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi va VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish