O‘zbekiston Prezidenti Qatarga keldi

Iyul 14, 2026. 19:29 • 48 soniya

64
O‘zbekiston Prezidenti Qatarga keldi

TOSHKENT, 14-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun 14-iyul kuni Doha shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Hamad xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif doirasida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish