O‘zbekistonlik soliqchilar Sankt-Peterburgda malaka oshirmoqda

Iyul 14, 2026. 20:25 • 2 daq

65
O‘zbekistonlik soliqchilar Sankt-Peterburgda malaka oshirmoqda

SANKT-PETERBURG, 14-iyul. /“Dunyo” AA/. Rossiya Federal soliq xizmati va O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturining ikkinchi bosqichiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rossiya Federal soliq xizmatiga qarashli Sankt-Peterburg qo‘shimcha kasbiy ta’lim muassasasi soliq organlari xodimlari va davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish hamda qayta tayyorlash kurslarini tashkil etadi.

Ushbu muassasa zamonaviy o‘quv-laboratoriya bazasi bilan jihozlangan bo‘lib, rossiyalik mutaxassislar hamda xorijlik soliq idoralari vakillari uchun turli ta’lim dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.

Uchrashuv davomida Rossiya Federal soliq xizmati rahbariyati ikki mamlakat soliq idoralari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari, xususan, Sankt-Peterburg qo‘shimcha kasbiy ta’lim muassasasida tajriba oshirishning ahamiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Malaka oshirish dasturi ikki haftalik davrga mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining 34 nafar xodimi kasbiy bilimini rivojlantirmoqda. O‘quv rejasiga ko‘ra, mashg‘ulotlar to‘rt yo‘nalishda tashkil etiladi. Ishtirokchilar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va samarali muzokaralar olib borish texnologiyasi bo‘yicha malaka oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining 99 nafar xodimi ushbu malaka oshirish kurslarida soliq va soliqqa tortish metodologiyasi bo‘yicha kasbiy savodxonligini oshirib qaytgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish