O‘zbekiston fuqarolari uchun Kuvayt vizasini soddalashtirish tartibi ko‘rib chiqilmoqda
Iyul 14, 2026. 19:55 • 2 daq
• 18
AL-KUVAYT, 14-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi vakillari ushbu davlat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tahani an-Nosir bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida huquqiy sohadagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jinoiy, fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha o‘zaro sheriklik aloqalarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar havo qatnovi, “aqlli” shaharlar, sog‘liqni saqlash, savdo, madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda erishilgan kelishuvlarni amaliyotga keng tatbiq etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston fuqarolari uchun Kuvaytga safar qilish bilan bog‘liq viza tartibini soddalashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mazkur viza talablari bo‘yicha manfaatdor idoralar o‘rtasida hamkorlikni yana-da takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida tomonlar huquqiy sohadagi o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi