Janubiy Koreya sobiq prezidentining qamoq jazosi yana ikki yilga cho‘zildi
Iyul 14, 2026. 19:00 • 2 daq
• 90
SEUL, 14-iyul. /“Dunyo” AA/. Seul tuman sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning qamoq jazosi siyosiy fondlar to‘g‘risidagi qonunni buzish ishi bo‘yicha yana ikki yilga cho‘zildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Yonhap” axborot agentligiga tayanib.
Sud sobiq prezidentni noqonuniy siyosiy ko‘mak olganlikda aybdor deb topdi. Avvalroq, maxsus prokuratura Yun Sok Yolni rafiqasi, sobiq birinchi xonim Kim Kon Xi bilan til biriktirganlikda hamda 2021-yil aprelidan 2022-yil martigacha bo‘lgan davrda umumiy qiymati qariyb 270 million von (taxminan 180 ming AQSH dollari) bo‘lgan 58 ta jamoatchilik fikri so‘rovini bepul olganlikda ayblagan edi. Ushbu ish bo‘yicha ayblov sobiq davlat rahbari uchun to‘rt yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.
Bundan oldin sud Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi Kim Kon Xini turli masalalarni hal etishda yordam berish evaziga qimmatbaho sovg‘alar va xizmatlar olganlikda ayblab, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Umuman, Yun Sok Yolga qarshi 2024-yil dekabrida harbiy holat joriy etishga urinish bilan bog‘liq sakkizta jinoiy ish ochilgan. 2026-yil fevralida u harbiy holat eʼlon qilish orqali isyon uyushtirish ishi bo‘yicha umrbod ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinroq u ushbu hukm yuzasidan apellyatsiya shikoyati bergan. Iyun oyida sobiq prezident dushmanga yordam berish va mansab vakolatini suiisteʼmol qilish ayblovlari bilan yana 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi