O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

May 18, 2026. 13:55 • 2 daq

74
O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida Boku shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, poytaxtning Kongress-markazida O‘zbekiston Prezidentini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax qutladilar.

Ishtirokchilarning birgalikda suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi forumning mavzusi – “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Forum kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan taʼminlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy va transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Prezidenti forum doirasidagi Yetakchilar sammitida nutq so‘zlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish