O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Bokuga keldi

May 17, 2026. 22:25 • 44 soniya

78
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Bokuga keldi

TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun Boku shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 18-may kuni bo‘lib o‘tadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlarida, shu jumladan, Yetakchilar sammitida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish