O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

May 17, 2026. 20:40 • 40 soniya

78
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan Boku shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish