O‘zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisiga Denizli viloyatidagi avtobus halokatga uchrashi oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Iyun 01, 2026. 08:05 • 56 soniya

190
O‘zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisiga Denizli viloyatidagi avtobus halokatga uchrashi oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Denizli viloyatida yo‘lovchi avtobusi halokatga uchragani oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga taʼziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanaliga tayanib.

“Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi”, - deyilgan xabarda.

OAV maʼlumotlariga ko‘ra, 31-may kuni Turkiya sayyohlik kompaniyasi avtobusi Denizli-Aydin shossesidagi to‘siqqa borib urilgan. Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi esa tan jarohati olgan.

“Haberler.com” portalidan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish