O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Turkistondagi yangi masjid bilan tanishdilar

May 15, 2026. 13:30 • 2 daq

509
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Turkistondagi yangi masjid bilan tanishdilar

TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. Amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Turkiston shahrida O‘zbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ziyodni tashkil etadi, unda 5 mingdan ortiq kishi namoz o‘qishi mumkin. Muhtasham ansambl to‘rtta 70 metrlik minora hamda asosiy zal va anʼanaviy ayvonlarni o‘z ichiga olgan uch qavatli bosh binodan iborat.

Islom va Sharq meʼmorchiligining eng yaxshi anʼanalariga muvofiq barpo etilgan jome masjidida milliy naqshlar, sharqona gumbazlar, baland minoralar hamda zamonaviy qurilish texnologiyalari uyg‘un qiyofa kasb etgan. Masjidning ichki bezagida islom xattotlik va naqqoshlik sanʼati namunalaridan keng foydalanilgan.

Atrofdagi 4,2 gektar maydonni obodonlashtirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yerda yashil maydonlar, yo‘laklar, dam olish joylari, yoritish tizimlari, manzarali qurilmalar va favvoralar barpo etilmoqda.

O‘zbekiston tomonidan qardosh Qozog‘iston xalqi hamda Turkiston aholisiga tuhfa sifatida qurib bitkazilgan ushbu muhtasham majmua ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va madaniy yaqinlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda ittifoqchilik munosabatlarining yorqin ifodasi bo‘lgani taʼkidlandi.

Qurʼoni oyatlari tilovat etilib, qardosh xalqlarimizga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
“Dunyo” AA reportajiIyun 13, 2026. 15:00
Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalaridaIyun 13, 2026. 14:00
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Iqtisodiy diplomatiyaIyun 13, 2026. 13:30
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Iqtisodiy diplomatiyaYanvar 01, 1970. 06:00
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

Barchasi

Logo
"Dunyo" Information Agency is a leading source of news on foreign policy and the development of Uzbekistan.
Sections
Information
Contacts
+99871-239-17-76
dunyo@mfa.uz
3A, Amir Temur str., Tashkent, 100000