Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

22
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

SHANXAY, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, O‘zbekiston vakillari Shanxaydagi “Yangi Xunsyao” xalqaro tibbiyot markazi bosh direktori o‘rinbosari Yu Ven Syan hamda “Xuzhou Yooyee Motors Co., Ltd.”, “Shanghai Green Material Zhongda New Material Technology Co., Ltd.” va “Shanghai Zhuliu Technology Co., Ltd.” kabi yetakchi kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.

Xitoy tomoniga O‘zbekistonning keng ko‘lamli infratuzilma imkoniyatlari, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar, shuningdek, “Tashkent Pharma Park” ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri va uning asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

“Yangi Xunsyao” xalqaro tibbiyot markazi vakili mazkur muassasa faoliyati hamda “Tashkent Pharma Park” loyihasining konseptual yondashuvlari va asosiy tamoyillari o‘rtasidagi o‘xshashlikni qayd etib, o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, “Xuzhou Yooyee Motors Co., Ltd.” kompaniyasining Xalqaro savdo boshqarmasi rahbari Monika Gu Moxua mamlakat aholisi sonining barqaror o‘sib borayotgani O‘zbekistonni kompaniya uchun istiqbolli va jozibador bozorga aylantirayotganini qayd etdi.

“Firebull” asoschisi Chjen Mo hamda “Footprint” kompaniyasi bosh direktori Li Dan O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, ayniqsa, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va jadal rivojlanish jarayonlarini yuqori baholadi.

Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha “Xuzhou Yooyee Motors Co., Ltd.” kompaniyasi hamda “Firebull” va “Footprint” brendlari vakillarining bozor imkoniyatlarini o‘rganish, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish va qator amaliy uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida joriy yilda O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish