O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Iyul 24, 2026. 12:45 • 2 daq
• 142
TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Tojikiston yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqining orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.
Emomali Rahmon O‘zbekiston Prezidentining saʼy-harakatlari tufayli bugun mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan dadil ilgarilab, xalqaro maydondagi nufuzini izchil mustahkamlab borayotganini alohida taʼkidladi.
Suhbatda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Tojikiston Prezidentining joriy yil 26-27-mart kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildilar.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi