Ko‘ksaroy qarorgohida Albaniya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Iyun 16, 2026. 12:15 • 49 soniya

126
Ko‘ksaroy qarorgohida Albaniya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Albaniya Prezidenti Bayram Begayni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Albaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish