Ryazanda O‘zbekiston madaniyati va milliy merosi targ‘ib qilindi 

Iyun 16, 2026. 15:00 • 2 daq

71
Ryazanda O‘zbekiston madaniyati va milliy merosi targ‘ib qilindi 
Ryazanda O‘zbekiston madaniyati va milliy merosi targ‘ib qilindi 
Ryazanda O‘zbekiston madaniyati va milliy merosi targ‘ib qilindi 
Ryazanda O‘zbekiston madaniyati va milliy merosi targ‘ib qilindi 
Ryazanda O‘zbekiston madaniyati va milliy merosi targ‘ib qilindi 
Ryazanda O‘zbekiston madaniyati va milliy merosi targ‘ib qilindi 

MOSKVA, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning Ryazan shahrida madaniyatlararo muloqotni kengaytirish, vatandoshlar bilan munosabatlarni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini ommalashtirishga qaratilgan qator madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida “Olmos” o‘zbek milliy-madaniy muxtoriyati tomonidan “Madaniyatlar uyg‘unligi” xalqaro etnofestivali bo‘lib o‘tdi. “Moda s Aksentom” loyihasining yakuniy bosqichi bo‘lgan ushbu tadbir O‘zbekiston, Rossiya va Belarusdan 200 nafardan ortiq ishtirokchini, jumladan, dizaynerlar, modelerlar, xalq amaliy san’ati ustalari va ijodiy soha vakillarini bir joyga jamladi.

Festival doirasida mintaqa xalqlarining an’anaviy va zamonaviy motivlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan liboslar to‘plamlari namoyish qilindi. O‘zbekiston amaliy bezak san’ati unsurlari, milliy matolari va Sharqning badiiy obrazlari zamonaviy dizayn yechimini topgan ijod namunalari alohida qiziqish uyg‘otdi.

“Olmos” milliy-madaniy muxtoriyati rahbari Zulayho Qodirovaning so‘zlariga ko‘ra, bunday loyihalar xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro anglashuvni rivojlantirish va boy ma’naviy merosni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga xizmat qiladi.

Shuningdek, iyun oyi boshida Ryazan shahriga Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Nazarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibidan Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari, Yoshlar ishlari va Migratsiya agentliklari, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi, Buxoro viloyati prokuraturasi hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari o‘rin oldi.

Tashrif davomida Ryazan viloyati hokimiyati va hududdagi ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda asosiy e’tibor tashkiliy va qonuniy mehnat migratsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish, O‘zbekiston fuqarolarini huquqiy va ta’limiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish masalalariga qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish