Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Avgust 23, 2026. 16:04 • 53 soniya

138
Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish