O‘zbekiston Prezidenti “EKSIM Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisini qabul qildi
Oktabr 30, 2026. 07:55 • 52 soniya
• 87
TOSHKЕNT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida “EKSIM Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ebubekir Tivniklini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi uchrashuv avvalida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Muloqot davomida qayta tiklanuvchi energetika, geologiya va tog‘-kon sanoati, infratuzilma, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etish va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda yangi elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish, geologiya yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi