O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
Oktabr 30, 2026. 00:50 • 53 soniya
• 99
TOSHKЕNT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida “OYAK” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Murat Yalchintashni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi so‘nggi yillarda Turkiya bilan strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bu jarayonda ishbilarmon doira vakillarining o‘rni va hissasi beqiyos ekanini qayd etdi.
Muloqot chog‘ida turkiyalik hamkor har bir sarmoyador uchun katta imkoniyatlar maydoniga aylanib borayotgan Yangi O‘zbekistonda kimyo sanoati, geologiya va qurilish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, Yangi Toshkentda turar joy majmualari va tashqi infratuzilma obyektlari qurilishida faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi