O‘zbekiston Prezidenti “Anadolu Group” xoldingi rahbarini qabul qildi 

Oktabr 30, 2026. 08:02 • 56 soniya

• 60
O‘zbekiston Prezidenti “Anadolu Group” xoldingi rahbarini qabul qildi 

TOSHKЕNT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahrida “Anadolu Group” xoldingi boshqaruv kengashi raisi Kamilxan Suleyman Yazijini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ushbu kompaniyaning salqin ichimliklar va avtomobilsozlik sohalarida O‘zbekiston bozoriga kiritgan yirik investitsiyalari mamlakatimizdagi islohotlarga bo‘lgan ishonchning yaqqol ifodasi ekani alohida ta’kidlandi.

Jumladan, Samarqanddagi “SamAvto” korxonasini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlari va eksport mahsulotlari hajmini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Turkiyaning yirik chakana savdo tarmog‘ini O‘zbekiston bozoriga olib kirish, chorvachilik majmuasini barpo etish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi istiqbolli yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish