O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Iyul 29, 2026. 22:00 • 47 soniya

127
O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 29-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi bugun yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Ostona shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nurlibek Naliboyev va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Ostonada davlatimiz rahbari “Baris Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Amaliy tashrif yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish