“Agrobank” yurtimizda birinchi marta Eskrou xizmatini mobil platformada ishga tushirdi

May 22, 2026. 19:25 • 2 daq

121
“Agrobank” yurtimizda birinchi marta Eskrou xizmatini mobil platformada ishga tushirdi
“Agrobank” yurtimizda birinchi marta Eskrou xizmatini mobil platformada ishga tushirdi

TOSHKENT, 22-may. /“Dunyo” AA/. Bugun “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Anjumanda bank tizimida islohotlarni jadallashtirish va xizmatlar bozori hajmini oshirish masalasida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, bank tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda xizmatlar bozorini kengaytirishga qaratilgan strategik vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda “Agrobank” ATB yurtimizda birinchi marta Eskrou xizmatini mobil platformada ishga tushirdi. Eskrou – bu pul va mol-mulk operatsiyalarini xavfsiz tarzda amalga oshirish uchun bank yoki maxsus moliyaviy tashkilot orqali ko‘rsatiluvchi xizmatdir.

Bank mutaxassislari kichik va o‘rta biznes, korporativ mijozlar, fermer xo‘jaliklari hamda agrosanoat subyektlari uchun xizmat qiluvchi “Agrozamin Super App” raqamli ekotizimi joriy etilganini alohida qayd etdi.

Matbuot anjumanida bank tashabbusi bilan tashkil etilgan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu oliy taʼlim muassasasi Britaniyaning yuqori reytingida turuvchi Koventri universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan, taʼlim dasturiga ko‘ra, talabalar O‘zbekistonda tahsil olib, Britaniya universiteti diplomini olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, universitetda iqtidorli talabalar grant asosida o‘qitiladi.

Uchrashuv davomida OAV xodimlariga “Agrobank” ATB tomonidan amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish, moliyaviy xizmatlarni yana-da qulay, tezkor va shaffof qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham maʼlumot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish